Xovosda 3 nafar bolaga Prezident sovg‘alari topshirildi

Xovos tumanida ota-ona qarаmog‘idan mahrum bo‘lgan uch nafar yigit-qizlarga tuman markazidagi  “Tinchlik va Bunyodkor” mahallasidan 2 xonali uy berildi.

Tadbirda viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 9-avgustida “Yetim bolalar va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori imzolangan edi.

Hujjatda o‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy joy bilan taʼminlash tartibi belgilangan. Taʼkidlanishicha, qaror ijrosi doirasida Xovosda 3 nafar bolalarga uy berilishi belgilangan.

Shunga muvofiq, Raxmonqulov Avazbek, Sharapova Shoxsanam va Norboyev Eldorga jami qiymati 360 mln. so‘m bo‘lgan 3 ta uy tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur uylarning barchasi 12 turdagi zaruriy uy jihozlari, jumladan, gilam, stol-stul, muzlatkich, televizor, gaz plita, yotoq mebellari va boshqa jihozlar bilan taʼminlangan.

хovos-tuman.us